19 Aprel 2022 yil 607

Profilaktika inspektorlari oliy taʼlim tavsiyanomasini qoʻlga kiritish uchun test sinovlarini topshirdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish, yaʼni faoliyat samaradorligini tubdan oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-23-son qarori ijrosi yuzasidan ham bir qator rejali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2022-2023-o‘quv yili uchun hududlarda profilaktika inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy taʼlim muassasalari sirtqi taʼlim shakliga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beriladigan xodimlarni aniqlash maqsadida bugun, 19-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan Buxoro shahrida Buxoro, Novoiy va Xorazm viloyatlari Ichki ishlar boshqarmalarida hamda Qoraqalpog‘izton Respublikasi Ichki ishlar vazirligida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari maxsus test sinovlaridan o‘tkazildi.

Taʼkidlash joijki, ushbu islohotlar ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini taʼminlashga muhim zamin yaratadi.

Text to speech