31 Iyul 2023 yil 487

Qalbaki pullarni yasash bilan shug‘ullangan yana bir jinoiy guruh fosh etildi

G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tumanning Soktari mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan S.A. 2023 yil may oyi o‘rtalaridan may oyi oxirlariga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, tanishlari I.A. va A.I.lar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, G‘ijduvon tumani Todon mahallasida joylashgan uyda, “EPSON L-3100” rusumli rangli printer yordamida O‘zbekiston Respublikasining 100.000 so‘mlik va 200.000 so‘mlik pul kupyuralarini kelgusida o‘tkazish maqsadida nusxa ko‘paytirish yo‘li bilan yasab kelayotganliklari aniqlanib, ular ijarada turgan tumanning Sharq mahallasidagi xonadondan 2 dona 200.000 so‘mlik kupyuradagi, 1 dona 100.000 so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullar, 26 dona A4-formatdagi maxsus qog‘oz listlarning har biriga 3 donadan nusxa olish yo‘li bilan ko‘paytirilgan 100.000 so‘mlik kupyuradagi qalbaki pullar va boshqa ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech