Qoradori-2021. SHofirkon tumani.
SHofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2021” keng qamrovli profilaktik tadbiri davomida, olingan tezkor ma’lumotlar asosida tumanning Jo‘yrabod mahallasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan R.R. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida xolislar ishtirokida kechiktirib bo‘lmas tintuv tergov harakati o‘tkazilganda, uyi yotoqxonasida stol ustidagi chinni idish ichida va polga to‘shalgan gilam ostida oq qog‘ozga o‘ralgan holda viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 26,41 grammga teng bo‘lgan “MARIXUANA” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi, shuningdek, ekin er maydonida 3 tup “KANNABIS” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi hamda 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.