23 Dekabr 2021 yil 632

“Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri. Buxoro tumani.

Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida o‘tkazilgan “Qoradori 2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Buxoro shahar Gulbahor ko‘chasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.A. va Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan M.S. lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Buxoro tumani Gulshanobod mahallasi Jonbobo aholi punktidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shahobchasi yaqinidagi yo‘l yoqasida o‘zga bir fuqaroga qora rangli polietilenga o‘rab, qadoqlangan viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 0.52 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik moddasini 124.000 so‘mga baholab qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan M.S. va M.A. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech