Qoradori-2021 tezkor profilaktik tadbiri. G‘ijduvon tumani.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Qoradori-2021” tezkor tadbiri davomida “M-37” avtomobil yo‘lining 216-kilometrida tashkil qilingan ko‘chma postda “COBALT” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, mazkur avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Farg‘ona viloyati Rishton tumani Dorilomon mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Q.T. ning egnida bo‘lgan kulrang sport shimi cho‘ntagidan qora rangli polietilen paketga o‘ralgan holdagi, sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 46,25 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “GASHISH” giyohvandlik moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.