23 Sentyabr 2021 yil 672

Qoradori-2021 tezkor profilaktik tadbiri. Qorako‘l tumani.

Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan yuborilgan maʼlumotga ko‘ra, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida olingan maʼlumotlar asosida Paxtakor mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan N.O‘. ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida uning yashash xonasidagi shkaf ichida oq qog‘ozga o‘ralgan viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof vazni 9,64 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari tintuv davomida uyining yordamchi xo‘jaliklaridan 56 dona “KANNABIS” giyohvand o‘simligi urug‘lari, 1 dona “Belamorkanal” yozuvli sigaret trubkasi hamda 2 dona oq yaltiroq rangli qora dog‘lari mavjud bo‘lgan folga qog‘ozi ham borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan N.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech