“Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri. Qorako‘l tumanida 321,53 gramm “Marixuana” olib ketayotgan shaxsning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.
Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2021 yil 30 oktyabr kuni soat 18:30 larda tumanning Do‘rman mahallasidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lidan harakatlanib borayotgan fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, avtomashina old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qorako‘l tumani Eskiqalʼa mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan J.F. tomonidan qora rangli polietilen paketga solingan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra taʼqiqlangan giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi, sof vazni 321,53 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “MARIXUANA” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan J.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.