Qorako‘l tumanida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar bo‘linmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Qorako‘l tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi ayol o‘qituvchilari, talaba qiz yoshlar o‘rtasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida davra suxbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida gender tenglik, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklar, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Himoya orderi to‘g‘risida”gi qonunlari moxiyati tushuntirildi.
Shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi, amal qilish muddati to‘g‘risida tushunchalar berilib, ularga o‘z taqdirlariga befarq bo‘lmasliklari, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan tanishlari, karindoshlari to‘g‘risida ular kelgusida ushbu tazyiq va zo‘ravonlik iskanjasida jinoyat sodir qilmasligi yoki jinoyat qurboniga aylanib qolmasligi yoxud o‘z joniga qasd kilishini oldini olish maqsadida tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berishlari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.