7 Aprel 2023 yil 450

Qorovulbozor tumanida qo‘shma qarorning joylardagi ijrosi masʼullar tomonidan o‘rganildi

Bugun, joriy yilning 7 aprel kuni Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Jalolov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan mutasaddi hamda Qorovudbor tumani IIB rahbariyati ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori hamda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 7 mart kunidagi ko‘rsatmasi asosida jinoyatchilikni “fuqarobay” jilovlashning Buxoro tajribasi asosida Qorovulbozor tumaning “Bo‘zachi” hamda "Imom Buxoriy" mahallalarida faoliyat olib boruvchi “beshlik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Bunda mahalla vakillariga aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, “fuqarobay” tizimi asosida uyma-uy yurib, aholi muammolariga yechim topish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘lgan shart-sharoitlar, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalladagi “beshlik” ning hamkorlikdagi ish natijalari birma-bir tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan kelib chiqib kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Bunda, hududlarning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan shart-sharoit va omillar, umumiy, maxsus va yakka tartibda, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng “Xodimbay” tizimi asosida “Bo‘zachi” mahallasi profilaktika inspektorining oilaviy ahvolini o‘rganildi.

Uning yashash sharoiti, mavjud muammolari joyida o‘rganilib, oilaviy munosabatlari hamda xizmatdan bo‘sh vaqtlarini qay yo‘sinda o‘tkazishlari bo‘yicha masʼullar tomonidan bir qator tavsiyalar berildi.

Text to speech