Qo‘shni davlatdagi oliy taʼlim muassasiga o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Olot tumani “Soinqorovul” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan U.M. bir fuqaroni aldab, uning farzandini Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi xususiy Universitetga o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, buning evaziga 2021 yilning sentyabr va dekabr oylari oralig‘ida 14 mln. so‘m pullarini olib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Shuningdek, ushbu shaxs o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, yana bir sodda fuqaroning ishonchiga kirib, uning farzandini ham mazkur Universitetiga o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 2021 yil sentyabr va 2022 yilning fevral oylari oralig‘ida 14,0 mln.so‘m pullarni aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ham o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Ushbu har ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.