6 Oktyabr 2021 yil 502

Rahbar va yoshlar. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev G‘ijduvon tumanida yoshlar bilan uchrashdi.

Joriy yilning 6 oktyabr kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, G‘ijduvon tumani Mustaqillik mahallasida “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq va konstruktiv tarzda o‘tgan uchrashuvda, boshqarma boshlig‘i tomonidan tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi va boshqa mutasaddi idoralar masʼullari ishtirokida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqilib, atroflicha muhokama qildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli masalalardagi 10 dan ortiq taklif hamda 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, murojaatlarning aksariyati joyida hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish uchun qabul qilingan ayrim murojaatlar yuzasidan taalluqli idora mutasaddilariga aniq va manzilli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berilib, ijrosi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozli kredit mablag‘larini olish, yoshlarni kasbga o‘qitish borasida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ham so‘z yuritib, uchrashuv yakunida tadbir ishtirokchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.

Text to speech