“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” da bildirilgan takliflar ijobiy yechimini topmoqda
Buxoro tumanidagi 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabiga qo‘shimcha bino qurib beriladi.
Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”. Shu bois, yosh avlodga zamonaviy, sifatli ta‘lim berish, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan yoshlarni tarbiyalash maqsadida “Ta‘limga e‘tibor – kelajakka e‘tibor” tamoyili asosida hududlarda bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 19-aprel kuni Buxoro tumanida viloyat 3-sektor rahbari bilan o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” da tumanning “Bog‘idasht” mahallasi yoshlari tomonidan hududdagi 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida qo‘shimcha bino hamda sport maydonchasi qurilishiga amaliy yordam berish borasida murojaat tarzidagi taklif kiritilgan edi.
Ushbu murojaat viloyat IIB boshlig‘i Shuxrat Aliyev, tuman hokimi va boshqa mutasaddilar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida 44-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun sinf xonalari yetishmasligi oqibatida bir qator noqulayliklar mavjudligi aniqlandi.
Mazkur mahallada yashovchi fuqarolarning talablaridan kelib chiqqan holda, maktabda qo‘shimcha bino qurish ishlari rejalashtirilib, yo‘l xaritasi belgilab olindi.