Romitan tumanida Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o‘tkazildi.
Joriy yilning 22 fevral kuni Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Romitan tuman 3-sektori mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
180 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan ochiq muloqotda boshqarma boshlig‘i tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat 3-sektor ishchi guruhi hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullari bilan birgalikda yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlarini birma-bir ko‘rib chiqib, atroflicha muhokama qildi.
10 nafar yoshlar tomonidan turli masalalarda qilingan murojaatlarning 6 ta si joyida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar ish yurituviga qabul kilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.
Tadbir davomida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar topshirildi.
Yoshlar daftari ro‘yxatida turuvchi 8 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob uskunalar (go‘zallik saloni anjomlari, tikuv mashinalari, motokultivator) berildi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 7 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.