15 Dekabr 2021 yil 443

ROMITAN TUMANIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRI SOVRINI UCHUN “ENG YAXSHI MAʼNAVIY YETUK OILA” KITOBXONLIK BELLASHUVLARI BO‘LIB O‘TDI.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bugun, 14 dekabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida tumanning 3 – sektoriga qarashli mahallalarda istiqomat qilayotgan oilalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun “Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila” kitobxonlik bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Kitobxonlik bellashuvlarida tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyat boshqarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat tuman bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi masʼullari, MFY xodimlari, 12 ta mahalladan 12 ta oila aʼzolari ishtirok etdilar.

Tashkil qilingan kitobxonlik bellashuvida ishtirokchilar “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yosh kitobxon”, “Men sevgan asar qahramoni”, “Bahru bayt” va “Temur tuzuklari bilimdoni” yo‘nalishlarida o‘zaro bahslashdilar.

Murosasiz kechgan bellashuvda 3-o‘rinni “O‘baMFYda yashovchi Fatullayevlar oilasi, 2-o‘rinni “Zarafshon” MFYda yashovchi Navro‘zovlar oilasi egallagan bo‘lsa, “Afrosiyob” MFYda yashovchi Mangliyevlar oilasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bellashuv g‘oliblari qimmatbaho sovg‘a hamda faxriy yorliqlar bilan munosib taqdirlandilar.

Kitob mutolaasi kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek, "Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir".

Text to speech