17 Avgust 2021 yil 702

Romitanda “Sanitariya-gigiyena” xulosasi uchun 500.000 so‘m talab qilgan masʼul qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati bo‘ylab huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlar doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Romitan tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi, tumanning Afrosiyob mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.Sh.ismli shaxs, fuqaro K.R.gaG‘azberon” va “Qoqishtuvon” mahallalari hududida Davlat-sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotini ochishi uchun “Sanitariya-gigiyena” xulosasini tayyorlab berish evaziga 500.000 so‘m talab qilib, Xosa qishlog‘ida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hovlisida kimyoviy ishlov berilgan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan S.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech