Sayyor qabul: davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan, IIV M va FRBB boshlig‘i polkovnik U.Muxamedov joriy yilning 14-noyabr kuni Buxoro viloyatida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Bunda, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, shuningdek Buxoro viloyati IIB M va FR boshqarmasi, uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar va sohada fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni yaqindan o‘rganishga alohida eʼtibor qaratdi.
Dastlab, 12 nafar o‘n olti yoshga to‘lgan fuqarolarga hamda “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi rasmiylashtirib berilgan 4 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Qabul davomida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik olish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasini olish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘yish kabi fuqarolarning 30 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlari tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va mudddat talab qiladiganlari qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, IIV M va FRBB boshlig‘i polkovnik U.Muxamedovning viloyatdagi o‘rganishlari davomida Buxoro shahar IIO FMB M va FRB hamda Olot va Qorako‘l tumanlari M va FRGlarida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, sohada mavjud muammolar bilan tanishilib, masʼullar tegishli ko‘rsatmalar berildi.