30 Aprel 2023 yil 440

Sartaroshxonani o‘margan shaxs fosh etildi

2023 yilning 17 aprel kunidan 18 aprel kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Qorako‘l tumani “Eskiqaʼla” mahallasida joylashgan erkaklar sartaroshxonasiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, sartaroshxonadan narxi 150.000 so‘m bo‘lgan 1 dona soch quritish apparati, narxi 100.000 so‘mlik 1 dona radio, umumiy narxi 750.000 so‘m bo‘lgan 5 dona soch olish apparatlari, narxi 50.000 so‘mlik 1 dona elektr kengaytma, narxi 30.000 so‘m bo‘lgan 1 dona atirini o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga 1.350.000 so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni shu tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan N.H. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech