30 Aprel 2023 yil
441
Savdo do‘konidan telefonni o‘g‘irlagan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi
2023 yil 13 mart kuni nomaʼlum shaxs, Peshku tumani “Chig‘irchi” mahallasida joylashgan Dehqonzoridagi H.J.ga tegishli savdo do‘konidan 1 dona bahosi 1.700.000 so‘mlik “Note 20 I” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtirov hamda tergov harakatlari davomi ushbu jinoyatni, tumanning “Qaraqalpoq” mahallasida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi T.F. sodir qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.