SAYLOV-2021. Okrug saylov komissiyasi qanday vakolatlarga ega?
Okrug saylov komissiyasi:
– tegishli hududda saylov qonunchiligi ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– saylov uchastkalarini tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi;
– uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
– saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qiladi;
– uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
– nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
– siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
– saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
– saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;
– saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.