Shamol elektrostansiyasi qurilishidagi yelim turbalarni o‘margan shaxlar qo‘lga olindi
2023 yil 15 may kuni kech soat 22:40 larda Nomaʼlum shaxs G‘ijduvon tumani “Ko‘kcha” mahallasi cho‘l massivida “OOO Teng Xing” kompaniyasi tomonidan “Shamol elektrostansiyasi” qurilishi uchun xarid qilingan 1 metri 1.277.20 so‘m bo‘lgan, 110 diamertli jami 800 metr yelim turbalarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, tashkilotga jami 102.176.000 so‘mlik ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan J.N. tanishi 1953-yilda tug‘ilgan E.P. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir qilganliklari aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Savdo majmuasidan uyali aloqa telefon apparatini o‘g‘irlab ketgan voyaga yetmagan shaxs ushlandi