10 Sentyabr 2022 yil 529

Shavkat Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir”

Buxoro viloyatida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va qator hamkor idoralar tomonidan bugun, 10-sentyabr kuni Buxoro shahrida “Ming tadbirkor ayol” forumi tashkil etildi.

Dastlab forum doirasida Buxoro shahrida ehtiyojmand oilalarga mo‘ljallangan, 3 qavatdan iborat 440 o‘rinli 100 xonadan iborat Ijtimoiy yotoqxona foydalanishga topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etib, forum ishtirokchilariga mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan izchil izlohotlar haqida so‘z yuritdi.

Forum doirasida o‘tkazilgan konferensiyada viloyat sektor rahbarlari, masʼul mutasaddilar va viloyat kesimida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor tadbirkor opa-singillarimiz ishtirok etdi.

“Ming tadbirkor ayol” forumi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan anjumanda o‘z tashabbusi, biznes g‘oyasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qator yutuqlarga erishib kelayotgan bir guruh peshqadam xotin-qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Shundan so‘ng forum kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar bilan maxsus transportlarda joylarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va ularning ijtimoiy muhofazasi, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘ycha olib borilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumanidagi “Parvoz xumo ravnaq trans” MCHJ hamda Shofirkon tumanidagi “Amir Teks” MCHJ bo‘ylab press-tur va biznes sayohat tashkil etildi.

Text to speech