11 Dekabr 2021 yil 525

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan "Sog‘lom va barkamol oila" shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan bugun, 10 dekabr kuni tumanning 3-sektoriga qarashli mahallarida yashovchi oilalar o‘rtasida "Sog‘lom va barkamol oila" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri sovrini uchun sport musobaqalari o‘tkazildi.

Qizg‘in kechgan bahslarda ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va estafeta kabi turlarida o‘zaro bellashib, yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilaviy jamoalar munosib rag‘batlantirildi.

Text to speech