Shofirkon tumani IIB shaxsiy tarkibi va soha faxriylariga qaror mazmun-mohiyati batafsil yetkazildi
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli Qarori ijrosi talablarini shaxsiy tarkibga yetkazish hamda IIVning tegishli farmoyishi asosida IIV Faxriylar kengashi aʼzolari tomonidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida turli uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan bugun, 22 fevral kuni Shofirkon tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan jonli muloqotda IIV Faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi polkovnik Mirkomil Mirfayziyev hamda isteʼfodagi polkovnik Isroil Yo‘ldashev, Buxoro viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik Fayzullo Bibutovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda PQ-10-sonli Qaror shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib, kelgusida shaxsiy tarkib orasida xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, qaror asosida qabul qilingan Kodeks talablarini to‘liq o‘rganib va unga rioya etish haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng, faxriylar ichki ishlar organlari tizimida bir necha yillar davomida xizmat qilib hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan xodimlarning holidan xabar olishdi.