12 Iyul 2023 yil 881

Shofirkon tumanida o‘zgaga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxs fosh etildi

Shofirkon tumani “Iskogare” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan T.Sh. ismli shaxs 2018-yil 29-mart kuni viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, O‘zbekiston Respublikasining “OIV to‘g‘risida”gi qonuni bilan tanishtirilib, o‘zining OIV statusini bilgan holda OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tilxat olingan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2022-yilning 23-fevral kunidan 2023-yilning iyun oyiga qadar o‘zi bilan birga qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan 1978-yilda tug‘ilgan T.N. bilan bir necha marotaba himoya vositalarisiz o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lib, OIV infeksiyasini yuqtirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan T.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxsning yana necha nafar fuqarolarga ushbu kasallikni yuqtirgani yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirgani bo‘yicha tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech