21 Noyabr 2021 yil 480

Shofirkon tumanida qarovsiz qoldirilgan ichida hujjatlar va naqd pullar bo‘lgan sumka o‘g‘irligi fosh etildi.

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 12 noyabr kuni soat 05:30 larda nomaʼlum shaxs, tumanning Xo‘ja Orif mahallasi Shofirkon shoh ko‘chasida joylashgan “Star market” savdo majmuasi oldida, Guliston mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan N.t tomonidan qarovsiz qoldirilgan ichida 1 juft bahosi 100.000 so‘mlik erkaklar etiklari, narxi 60.000 so‘mlik xizmat kiyimi, narxi 25.000 so‘mlik telefon quvvatlagichi, 700.000 so‘m naqd pullari, fuqarolik pasporti va haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan kechiktirib bo‘lmas, tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Shibirg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan O‘.J. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda gumon qilinuvchi O‘.J.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech