6 Dekabr 2021 yil 839

Shofirkonda bila turib o‘zgaga OIV kasalligini qasddan yuqtirgan shaxs aniqlandi.

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Shofirkonlik 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat OITSga qarshi kurashish markazida 2015 yilning 18 iyun kunidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, nazoratda tursada, shuningdek, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun bilan tanishtirilgan holda boshqa shaxslarga infeksiyani yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2018 yilning noyabr oyidan hozirgi kunga qadar 1972 yilda tug‘ilgan ayol bilan nikohsiz yashab, doimiy jinsiy aloqada bo‘lib, bila turib o‘sha ayolga OIV kasalligini qasddan yuqtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxsning boshqa shaxslarga ham OIV infeksiyasini yuqtirgan yuqtirmaganligini aniqlash yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech