Shofirkonda fuqaroni nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun ta’magirlik qilgan shifokor qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, SHofirkon tumani Tibbiyot birlashmasi tashkiliy uslubiy bo‘lim mudiri vrach statist vazifasida ishlovchi U.G‘., Romitan tumanlararo mehnatga layoqatsizlik tibbiy ekspertiza komissiyasida ishlovchi shifokor tanishlari orqali F.Z. ismli ayol nomiga nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berish evaziga pora berishga dalolat qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 400 AQSH dollarini berishni talab qilib, Shofirkon tumani Shofirkon shox ko‘chasida joylashgan “Bahor” kafesida kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan U.G‘. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.