Shofirkondagi savdo do‘konidan o‘marib ketilgan buyumlar egasiga qaytarildi
2022 yil 13 iyun kuni soat 22:00 dan 14 iyun kuni soat 08:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Shofirkon tumani "Jo‘ynav" mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan H.F.ga tegishli savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 900.000 so‘m bo‘lgan o‘simlik yog‘ini, bahosi 60.000 so‘mlik tamaki mahsuloti va 500.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 1.460.000 so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Sh.Rashidov mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan A.A. sodir qilganligi aniqlangan.