12 Yanvar 2023 yil 507

Shtab faoliyati tahlil qilinib, dolzarb vazifalar belgilandi

Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan viloyat navbatchilik Shtabida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda respublikadan viloyatga biriktirilgan bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev va ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbsari — Probatsiya xizmati boshlig‘i Bunyod Rajabov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar shtablarining faoliyati, hududlarda aniqlangan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan vakillar, shahar va tumanlar shtablari masʼullarining axboroti tinglandi.

Sanab o‘tilgan mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga aniq muddatlar bilan vazifalar yuklatildi hamda olib borilgan ishlar to‘g‘risida har bir masʼul Shtabning har kunlik muhokama yig‘ilishida axborot berishi lozimligi taʼkidlandi.

Shundan kelib chiqib, hududiy shtablar va mutasaddi boshqarmalarga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi, ko‘mir yoqilg‘isi va boshqa masalalar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish va hal etish, energotizimda sodir bo‘layotgan nosozliklarni tezkor bartaraf qilish, bozorlardagi narx-navoning barqarorligi, jamoat transportidan samarali foydalanishni taʼminlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Text to speech