19 Fevral 2022 yil 603

Sportni sev, sport bilan yasha. Ammo sport bilan shug‘ullanishdan maqsad zo‘ravonolik emas.

Bugungi kunda, davlat rahbarining tashabbusi hamda hukumat qarorlari bilan respublikamizda sportni ommalashtirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, ushbu sohani rivojlantirish hamda tegishli sport infatuzilmalarini yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

            Jumaladan, sport majmualari va sport zallarida turli to‘garaklar tashkil etilib, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyat hamda sharoitlar yaratilgan.

            Biroq, muntazam sport bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslar berilgan imkoniyat va yaratilgan sharoitalardan to‘g‘ri foydalanmasdan, shaxsiy manfaati yo‘lida yengil daromad topish hamda obro‘ orttirish ilinjida, salbiy holatlarga qo‘l urmoqdalar.

            Hususan, oxirgi yillarda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi, jismonan chiniqqan shaxslar tomonidan jinoiy guruhlar tuzish yoki ularga aʼzo bo‘lib, qotillik, bosqinchilik, talonchilik, bezorilik, tovlamachilik va boshqa og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etish holatlari keng jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lmoqda.

            Ana shunday turli ko‘ngilsiz hodisalar, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish,  yakka kurash sport turlari bilan muntazam shug‘ullanuvchi shaxslar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda manzilli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 19 fevral kuni G‘ijduvon tumanida sportning yakka kurash turlari bilan muntazam shug‘ullanuvchi sportchi yoshlar o‘rtasida profilaktik-ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazilib, kelgusida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari, ko‘cha guruhbozligiga intilmasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Text to speech