Sud-huquq masalalari bo‘yicha Buxoroda o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabullarning so‘ngi kuni Jondor tumanida bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotganingizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari tomonidan Buxoro viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Tasdiqlangan grafik asosida o‘tkazilayotgan qabulning so‘ngi kuni joriy yilning 15 aprelida Jondor tumani Dalmunobod mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB mas'ullari tomonidan Qorako‘l, Olot va Jondor tumanlari fuqarolarining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 30 ga yaqin murojaatlari birma bir ko‘rib chiqildi.
“Barcha sa‘yi harakatlarimiz - inson qadri uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ommaviy sayyor qabullar davomida asosiy eʼtibor muammolarning ijobiy hal etilishiga qaratilib, aksariyat murojaatlar joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaat va muammolar yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, mas'ullarga ijrosini ta'minlash bo‘yicha manzilli ko‘rsatmalar berildi.
Jarayonda 5 nafar fuqarolarga ID - kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi qabullarning tashkil etilishi mamlakatda inson qadr-qimmati har narsadan ustun ekanligi dalilidir.