14 Aprel 2022 yil 521

Sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ommaviy sayyor qabul Kogon tumanida davom etdi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari 2 kundan beri Buxoro viloyatida sud huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullarni o‘tkazib kelmoqdalar.

14 aprel kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida mazkur sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul Kogon tumani Xo‘ja Yakshaba mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzarahimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hamda boshqa sohaviy xizmatlar mutasaddilari bilan birga, Buxoro va Kogon shahar, Kogon va Qorovulbozor tumanlari fuqarolarining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 40 ga yaqin murojaatlarini birma bir ko‘rib chiqdilar.

Asosiy eʼtibor muammolarning ijobiy hal etilishiga qaratilib, 16 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi.

Sayyor qabullar ertaga belgilangan grafik asosida Jondor tumanida davom etadi.

Text to speech