13 Fevral 2023 yil 749

Tamagir bog‘cha mudirasi jinoyat ustida ushlandi

Qorovulbozor tumanidagi 5-son DMTT mudirasi sifatida ishlovchi ayol, o‘z mavqeidan foydalanib, DMTT ning uslubchisi R.Sh. bilan bir guruh bo‘lib, DMTT tarbiyachisi M.Fni aldab, mansabdor tanishiga pora berish orqali DMTTda “logoped” shtatini olib, ushbu shtatga o‘tkazish uchun undan 400 AQSH dollari berishni talab qiladi.

2023 yil 3 fevral kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida DMTT mudirasi o‘zining xizmat xonasida, talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech