Tarixga bir nazar
Muzeylar – yurtimiz tarixi, xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan osori-atiqalar, noyob buyumlar bilan o‘zligimizni anglashga, o‘tmishdan ibrat olib yashashga undaydi.
Bugungi kunda tarixga nazar solishning eng samarali usuli bu tarix muzeylariga tashrif buyurishdir.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlari xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘ining tegishli bandi talablari asosida Ichki ishlar organlarida har haftaning juma kuni “Vatanparvarlik kuni” deb belgilangani bois, Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda IIV Buxoro Akademik litseyining talabalari o‘rtasida «Buxoro arki» tarixiy, memorial, yodgorligiga sayohat tashkil etildi.
Bunda, tur ishtirokchilari muzey mutaxassislari tomonidan mil.avv. I asrda barpo etilgan, viloyatdagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi va hududning qadimiy qalʼasi bo‘lgan Buxoro Arki tarixi va uning qurilish uslubi, unda joylashgan o‘lkashunoslik muzeyidagi tarixiy eksponatlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Jumladan, xodimlar va o‘quvchi yoshlar shahar tarixi, milliy urf-odatlar va anʼanalar to‘g‘risida bir qator qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lib, ajoyib taasurotlarga ega bo‘lishdi.