13 Sentyabr 2021 yil 389

Tezkor tadbir. Buxoro shahrida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi.

Kogon shahar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, fuqaro G‘.O. 2021 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi (valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lsada, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan bog‘liq jinoyatni sodir etish yo‘liga o‘tib, Buxoro shahar I.Mo‘minov ko‘chasida joylashgan sobiq “Dilkusho dehqon bozori” MCHJ yo‘l yoqasida o‘zga bir shaxsdan har bir AQSH dollarini 10600 so‘mdan hisoblab, 300 AQSH dollarini 3.180.000 so‘mga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu shaxsning yonida qo‘shimcha ravishda 100 AQSH dollari, 1650 Rossiya rubli va yana 500.000 so‘m naqd pullar borligi aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan G‘.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 177-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech