Tilla taqinchoqlar do'koniga kirgan xaridor o'g'rilikka qo'l urdi
Buxoro shahrida yashovchi I.M 2020 yil 02 fevral kuni Buxoro shahar IIO FМБga ariza orqali murojaat qilib, shu kuni soat 12:20 larda noma'lum shaxs uning S.Murodov ko'chasida joylashgan "Кarat" nomli savdo do'koniga xaridor sifatida kirib, sotuvchining e'tiborsizligidan foydalangan holda umumiy bahosi 6.206.000 so'm bo'lgan ikki juft ayollar uzugi va ziragini yashirin ravishda o'g'irlab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyat Farg'ona viloyati Farg'ona tumanida ro'yxatda turib, hozirgi vaqtda Buxoro tumani Madaniyat MFYda vaqtincha yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan J.R tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.