To‘qqiz oylik ish natijalari muhokamasi Peshku tumani ichki ishlar bo‘limida ham o‘tkazildi
Muhokamada Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxodirxo‘ja Sharipov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan tumanga biriktirilgan masʼullar, Peshku tumani ichki ishlar bo‘limi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tezkor yig‘ilishda joriy yilning 3-choragi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Jarayonda Peshku tumani hududida joriy yilning to‘qqiz oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida “Mahallabay” tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma bir tahlil qilindi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishida, har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqildi va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash va yuqori natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida Peshku tumanida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, ayniqsa qizil toifali mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, bundan tashqari, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, bunda o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining masʼuliyatini yana-da oshirish borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Berilgan topshiriqlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari tasdiqlangan grafik asosida boshqa hududiy ichki ishlar organlarida ham o‘tkazilmoqda.