TOPSHIRIQ va IJRO...Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hafta davomida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 2 aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, va boshqa tegishli masʼul xodimlar ishtirokida hafta davomida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar:
1) joylarda o‘tkazilgan yoshlar uchrashuvlari davomida ijroga qabul qilingan yoshlar murojaatlarining hal etilishi ahvoli;
2) hududiy sektor rahbarlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning mahallalarda, mehnat jamoalarida va sohabay tarzda muhokamalar qilinishi holati;
3) viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan otaliqqa olingan Buxoro shahar 24-son ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar maktab internati o‘quvchilari bilan olib borayotgan manzilli ishlar ahvoli;
4) boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘tgan ikki hafta davomida hududiy ichki ishlar organlarining quyi bo‘linmalari, huquq tartibot maskanlari, tayanch punktlarining holati, ularda kundalik ish faoliyatining qay darajada tashkil etilganligi, xizmat uylarining holati, xodimlarga yaratib berilgan xizmat hamda turmush sharoitlari, profilaktika inspektorining yurituvidagi hujjatlar, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirgan ishlarini o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari birma bir muhokama qilindi.
Har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tuman (shahar) larga masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.