Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilib, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
“Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” joriy 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabasi bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlariga bir qator o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildiganini maʼlum qilamiz.
Jumladan, javobgarlik to‘g‘risidagi Jinoyat kodeksining 247, 248, 249-moddalari va Maʼmuriy kodeksining 185, 220, 2201, 221-moddalariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritilib o‘qotar bo‘lmagan qurollar (pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol hamda elektroshok qurilmalari) va o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari kuchaytirildi;
- qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishiga monelik qiladigan holatlarni aniqlash maqsadida, qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, shu jumladan qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxati tasdiqlandi;
- ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshga oshirildi;
- tuzilishi qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov qurolining mavqei soyli stvolli qurolga tenglashtirildi ( egalik qilish staji 10 yil etib belgilandi);
- Bunday qurollarga g‘ayriqonuniy maqsadlarda maʼlum texnik sharoitlar va ko‘nikmalar yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin bo‘lgan “pahtavon” (“oxoloщyennoye”), o‘quv va vazn-gabaritli (“masso-gabaritnoye”) qurolning muomalasi taqiqlandi (kolleksiyalash yoki ko‘rgazmaga quyish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqari);
- barcha turdagi pnevmatik qurolga (og‘iz qismidagi quvvati djoul va kalibridan qatʼiy nazar) egalik qilishni faqat ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurollar soni 3 dona bilan cheklandi;
- pnevmatik kalta stvolli qurolning muomalasi taqiqlandi (bundan uning sport obyektlarida saqlanishi va undan foydalanishi mustasino);
- fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlandi;
- fuqaroviy ov quroli magazinining ruxsat etilgan sig‘imi 10 donadan 5 donagacha kamaytirildi;
- 1 tadan ortiq qurolga egalik qilish uchun har yili bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi;
- soyli stvolli (nareznoy) o‘qotar ov qurolini, shu jumladan aralash o‘qotar qurolni yoxud yarim avtomat silliq stvolli o‘qotar ov qurolini va uning o‘q-dorilarini, o‘qdon (baraban) sig‘imi to‘rt dona patrondan ortiq bo‘lgan silliq stvolli o‘qotar ov qurolini, shuningdek og‘iz qismidagi quvvat oltmish besh jouldan yuqori va kalibri to‘qqiz millimetrdan ortiq bo‘lgan pnevmatik ov quroliga egalik qilish staji 10 yil sifatida belgilandi;
- birinchi marotaba fuqaroviy qurolni (o‘zini o‘zi himoya qilish, gazli va elektroshoker qurilmalari bundan mustasino) olishda quroldan xavfsiz foydalanish qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kursalarida majburiy o‘qitish tartibi belgilandi;
Quyidagi hollarda qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmi belgilangandi:
Jumladan:
- Birinchidan qasddan jinoyat sodir etilganlik uchun sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganligi olib tashlanganligidan qatʼiy nazar (10 yil davomida);
- Ikkinchidan qurol egasi yoki qurolga egalik qilish istagini bildirgan fuqaro va u bilan birga yashovchilarga nisbatan qoralovchi maʼlumotlar mavjud bo‘lganda.
Jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud pnevmatik qurollarning hujjatlari umuman bo‘lmaganda, ushbu qurollarning turi va texnik holatini aniqlash hamda ichki ishlar organlariga ro‘yxatga qo‘yish uchun vaqtincha olinishi hamda ekspert-kriminalistika bo‘linmalariga topshiriladi;
- Noqonuniy ov qilganligi uchun fuqarolar uchun 1,3 (bir milion uch yuz ming) so‘mdan 9 (to‘qqiz million)so‘mga oshirildi.
- Noqonuniy ov qilganligi uchun mansabdor shaxslar uchun 2,7 (ikki milion yetti yuz ming) so‘mdan 15 (o‘n besh million)so‘mga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur Qonun joriy 2022-yilning 2-sentyabridan javobgarlik tartibi esa 2-dekabr kunidan kuchga kiradi.