3 Dekabr 2021 yil 452

O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" doirasida qator tadbirlar tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil
16 noyabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalarining kasbiy tayorgarligi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar borasidagi faoliyati samaradorligini o‘rganish hamda uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 2021 yilning 03 dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatiga kelib, Boshqarma rahbariyati ishtirokida IIV Buxoro Akademik litseyi Malaka oshirish instituti filiali o‘quv bazasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlariga Boshqarma xizmat sohalarining kadrlar bo‘yicha yordamchilari va inspektorlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birgalikda Maʼnaviy maʼrifiy hamda xizmat sohaga oid o‘quv mashg‘ulotlarni tashkillashitirishga oid mahorat darslari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar bilan 9 mm. li “Makarov” pistoleti hamda “Kalashnikov” avtomatini to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” davomida amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech