1 Aprel 2022 yil 542

VARAXSHALIKLARNING MUROJAATLARIGA YECHIM TOPILDI...

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Shuxrat Aliyev Buxoro shahar 3-sektoriga qarashli Varaxsha mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda mahalliy hokimiyat mas'ullari, sektor rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Dastlab viloyat 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari tomonidan mahallada o‘rganishlar olib borilib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Aniqlanishicha, bevosita shahar 3-sektorining say harakatlari bilar amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichga kelib qolgan.

Mahalla aholisi bu kabi ijobiy o‘zgarishlardan mamnun ekanliklarini bildirib, o‘z minnatdorliklarini aytdilar.

Masʼullar tomonidan 10 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi va hal etish shoralari ko‘rildi.

Sayyor qabul davomida aholiga yanada qulaylik yaratish, zaruriy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida mahalla markazida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi ham tashkillashtirilib, eng zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi.

Text to speech