5 Aprel 2022 yil 443

Vazir o‘rinbosarining navbatdagi manzili Buxoro viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘ldi.

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi Departamenti boshlig‘i polkovnik Bekmurod Abdullayev vazirlik ishchi guruhi bilan birgalikda tizim faoliyatini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Buxoro viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Vazir o‘rinbosarining navbatdagi manzili viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘ldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va boshqa masʼullar hamrohligida vazir o‘rinbosari polkovnik B.Abdullayev bu yerda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va kapital taʼmirlash ishlarining borishini ko‘zdan kechirib, maʼmuriy bino va unga tutash qo‘shimcha binolarda yakuniga yetkazilayotgan qurilish taʼmirlash va so‘ngi pardozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Eng avvalo, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da oshirish, xodimlar uchun yaratilgan munosib xizmat sharoitlaridan unumli foydalangan holda ularni o‘qitish va malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, xizmat xonalari, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv poligonidan samarali foydalanish, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida o‘zining bir qator topshiriqlarini berdi.

Bundan tashqari, birinchi chorak ish natijalarini tahlil qilgan holda yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida Buxoro tajribasi yuzasidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan Respublika miqyosidagi o‘quv seminarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha ham o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, soha xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, turli korrupsion holatlarni oldini olish borasidagi vazifalarni ham birma bir muhokama qilib, tizimning xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘limlarida inson omilini kamaytirishga qaratilgan texnologiyalardan kengroq foydalanish borasida aniq takliflarni ishlab chiqish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech