22 Fevral 2023 yil 437

Vazir o‘rinbosari Kogon tumanida ham bo‘lib, maktabgacha hamda umumtaʼlim maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Kogon tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida bo‘lib, bu yerda o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xususan, sinfxonalar va maxsus o‘quv kitoblar bilan taʼminlanganlik holatini o‘rgandi.

Tanishish jarayonida, DMTT faoliyatiga alohida e'tibor qaratilib, Kogon tumanidagi 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etilish jarayonlari o‘rganildi.

Vazir o‘rinbosari maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish borasida o‘z maslahatlarini berdi.

Text to speech