Viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan Buxoro shahrida tungi xizmatga jalb qilingan huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida kengaytirilgan xizmat oldi Yo‘riqnomasi o‘tkazildi
Bugun, 4 may kuni davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, hududlarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, mol-mulklarning daxlsizligi, yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa tungi vaqtlarda nazorat tadbirlarini kuchaytirish maqsadida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan Buxoro shahar hududida “Xavfsiz tun” tadbiriga start berilib, tadbirga jalb etilgan kuch-vositalar, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida kengaytirilgan tungi Yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada, prokuratura, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda mahallalar “yettilik” vakillari ishtirok etishdi.
Bunda, xizmatga jalb qilingan xodimlarga jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Buxoro shahri hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibi hamda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazishga kirishildi.