Viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev Buxoro shahar 3-sektoriga qarashli mahallalarning hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari ish natijalarini muhokama qildi.
Bugun, joriy yilning 9 aprel kuni viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Buxoro shahar 3-sektori ishchi guruhi, sektorga qarashli mahallalarda xizmat faoliyatini olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning 2022 yil birinchi chorak davomida amalga oshirgan ish natijalarini muhokama qildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada faoliyati boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch, ular zimmalaridagi mas‘uliyat, oldinda turgan dolzarb vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami hamda samaradorlik ko‘rsatgichlari va prognozlari bo‘yicha o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi.
Shu o‘rinda hokim yordamchilari va yoshlar etakchilari ham o‘zlari faoliyat olib borayotgan mahallalarda mavjud viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘rtaga tashladilar.
O‘rtaga tashlangan muammoli masalalar Shuxrat Aliyev qabul qilinib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi va har bir masala ijrosi alohida nazoratga olindi.