Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i IIV Buxoro akademik litseyida bo‘lib, ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi
Bugun, 29-aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev va boshqa mutasaddilar ishtirokida ta’lim maskanida olib borilayotgan o‘qitish tizimidan tortib, o‘quv jarayonidagi zamonaviy metodlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, axborot-kutubxona markazi va o‘quvchilar uchun yaratilgan boshqa sharoitlarni joyida o‘rgandi.
Shuningdek, IIV Buxoro akademik litseyi qoshida tashkil etilgan ichki ishlar organlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining Buxoro filiali imkoniyatlari bilan ham tanishildi.
Litsey o‘quvchilari orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish barobarida maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy savodxonlikni oshirish hamda ularda vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish, kutubxona fondini boyitishga urg’u berildi.
Shu o‘rinda, boshqarma boshlig‘i aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga manzilli topshiriqlarni berdi.