Viloyat IIBda o‘tkazilgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi “Maʼnaviyat oyligi” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga qaratildi
Joriy yilning 19-aprel kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tashkil etildi.
Bunda, IIV masʼul xodimi va boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda shahar-tuman IIB boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida o‘tgan 18 kun mobaynida amalga oshirilgan tadbirlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur oylik doirasida ayrim shahar-tumanlar IIBlari va sohaviy xizmatlar tomonidan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qattiq tanqid ostiga olinib, masʼullarga kelgusida tegishli taʼsir choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida IIVning farmoyishiga binoan, viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Maʼnaviyat oyligi”ni namunali tarzda o‘tkazish yuzasidan farmoyish ishlab chiqilganligi hamda ushbu dastur talablaridan kelib chiqgan holda alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi bois unga ko‘ra, shahar-tuman IIB boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga qator vazifa va ko‘rsatmalar yuklatildi.