17 Oktyabr 2024 yil 1082

Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limida to‘qqiz oylik ish natijalari yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Muhokamada Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uktam Askarov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan tumanga biriktirilgan masʼullar, Vobkent tumani ichki ishlar bo‘limi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Bunda, 2024 yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Jarayonda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabab va omillari, kelgusida "Mahallabay" tizim asosida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish bilan bog‘liq salbiy holatlarni oldini olish borasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar birma bir tahlil qilindi.

Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishida, har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, amalga oshirilgan ish natijalari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash va yuqori natijalarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yakunida tumanda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritalarining manzilli ijrosini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni jadallashtirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash, qonuniylikka rioya qilish, borasida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Berilgan topshiriqlarning ijrosi esa alohida nazoratga olindi.

Bu kabi muhokama yig‘ilishlari tasdiqlangan grafik asosida boshqa hududiy ichki ishlar organlarida ham o‘tkazilmoqda.

Text to speech