15 Dekabr 2021 yil 542

Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan yana bir virtual firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi.

2021 yilning 3 noyabr kuni nomaʼlum shaxs “OLX” sayti orqali yutuq chiqqanligini aytib, Vobkent tumani Charmgaron mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.K. ning plastik kartochkasiga paynet shahobchasi orqali 800.000 so‘m yutuq pullarini o‘tkazib berishini aytib, aldov yo‘li bilan plastik karta raqami va uning maxfiy kodini qo‘lga kiritib, kartadan 4.020.000 so‘m pullarini yechib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand shahar Damariq mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan H.B. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu gumon qilinuvchi ayolning boshqa shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar plastik kartangiz seriya raqami, maxfiy kodini biror bir shaxsga maʼlum qilmang!

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab uchrayotgan yutuqli o‘yinlar, aksiyalar, sport o‘yinlari va boshqa shunga o‘xshash virtual firibgarliklardan ogoh bo‘ling.

Text to speech