18 Avgust 2021 yil 746

Vobkent tumanida chorva mol o‘g‘irligi jinoyatini sodir qilgan jinoiy guruh fosh etildi.

Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limining bergan maʼlumotiga ko‘ra, tuman IIBga Vobkent tumani Cho‘rikalon mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan S.K. ariza orqali murojaat qilib, nomaʼlum shaxs 2021 yilning 17 iyul kuni soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Vobkent tumani Cho‘rikalon mahallasidagi "Shahrizod Shirina Zamini" fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘tlab yurgan jami bahosi 4.500.000 so‘mlik 3 bosh qo‘ylari o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, G‘ijduvon tumani Obod mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan A.S. va uning hamqishlog‘i 1994 yilda tug‘ilgan M.M.lar oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganliklari aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning viloyatimiz hududida sodir etilib fosh etilmasdan qolgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom etmoqda.

Text to speech